Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
XOTIN QIZLAR FAOLI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

 XOTIN QIZLAR FAOLI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Akramov hamda Kengash
kotibiyati bosh mutaxassisi A.Fozilov tomonidan Novkent mahalla fuqarolar
yig‘inida xotin-qizlar faolining aholi, xususan, xotin-qizlar bilan ishlash
borasidagi faoliyati yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
 

O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi
xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb
etish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda daromad manbalarini
kengaytirishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil
qilindi.
 

Xususan, xotin-qizlar faoli ko‘magida shirin pishiriqlar tayyorlash
faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik subyekti misolida mahsulot tayyorlash
jarayoni, mavjud shart-sharoitlar, ishlab chiqarish quvvati, faoliyat
samaradorligi hamda kelgusida faoliyat ko‘lamini kengaytirish imkoniyatlariga
e’tibor qaratildi.
 

Shuningdek, o‘rganish davomida aniqlangan muammo va takliflar “Deputatning
ko‘chma o‘rganish daftari”ga qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan
mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.
  

Slide 1 of 4