Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AHOLI MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM VOSITASI!
янв.21
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
QADRDON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun
янв.21
KITOB — MA’RIFAT, BILIM VA YUKSAK MA’NAVIYAT MANBAI!
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI VA ATROFIDAGI HUDUDLAR TOZALIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi 24-“Tolbuloq” saylov okrugi deputati Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna Fayzobod mahallasi raisi O. O‘roqov hamda ko‘chaboshi K. Marhabayeva bilan hamkorlikda mahalladagi Mustaqillik ko‘chasi 68 va 70-uylarning mavjud holatini o‘rgandi.
🔵 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyati, ularning hududni saqlash va aholiga ko‘rsatayotgan xizmatlari, shuningdek, ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi qismlarining holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, uylarning pod’ezdlari, ichki yo‘laklari, yerto‘lalari, tashqi hududlari, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, tungi yoritish tizimi hamda bolalar maydonchalarining holati ko‘zdan kechirildi. Hududdagi mavjud kamchiliklar, tozalik va sanitariya holati, aholiga qulay shart-sharoit yaratish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
🏡 Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarning osoyishtaligi, xavfsizligi va qulay yashash sharoitlarini ta’minlashda nafaqat mas’ul tashkilotlar, balki aholining ham faol ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi.
💎 O‘rganish jarayonida fuqarolarga umumiy foydalanishdagi hududlarni ozoda saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, bolalar maydonchalari va boshqa infratuzilma obyektlariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ko‘p qavatli uylarning umumiy mulkini asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
👨‍👩‍👧‍👦 Ayniqsa, bolalar maydonchalarining doimo toza, tartibli va xavfsiz holatda bo‘lishi, hovli va ichki yo‘laklarda sanitariya-obodonlashtirish talablariga rioya etilishi muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, turar joy majmuasi hududida qulay yashash muhitini shakllantirish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, hududlarni yoritish tizimini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish zarurligi qayd etildi.
📌 Bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun munosib sharoit yaratish, umumiy hududlarning obodligi va tozaligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etishdan iborat.
🌿 Obod va toza mahalla — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz! Har bir fuqaroning hudud tozaligi va obodonligiga qo‘shgan hissasi mahallamizning yanada chiroyli, fayzli va farovon bo‘lishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6