Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY: KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
#yunusobod_deputatlari
янв.21
MINOR MAHALLASIDA 9-SONLI MAKTAB ATROFIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #deputatlar_faoliyati Bizni kuzatishda davom eting! 🔵Telegram 🌐Facebook 📹Instagram 🟥YouTube
янв.21
TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
ISH JOYIDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MUHIT — MUHIM VAZIFA!
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Oilaning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ishlash va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, deputat tomonidan Bog‘i Atirgul ko‘chasi, 22-uyda yashovchi fuqaro M.Mamajonovaning xonadoniga borilib, oilaning yashash sharoiti va mavjud muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonning ta’mirtalab holatda ekani, mavjud sharoit oilaning kundalik hayoti uchun qator noqulayliklar tug‘dirayotgani hamda uy-joyni ta’mirlash ishlarini imkon qadar tezroq amalga oshirish zarurligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan oilaga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud muammoni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda xonadonni ta’mirlash masalasini ijobiy ko‘rib chiqish maqsadida Qo‘qon shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborishga kelishildi.

Murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalaning qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi bo‘yicha tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6