Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY: KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
#yunusobod_deputatlari
янв.21
MINOR MAHALLASIDA 9-SONLI MAKTAB ATROFIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #deputatlar_faoliyati Bizni kuzatishda davom eting! 🔵Telegram 🌐Facebook 📹Instagram 🟥YouTube
янв.21
TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
ISH JOYIDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MUHIT — MUHIM VAZIFA!
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“At-Termiziy” mahallasida ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati X.Nazarova tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi xonadonlarining ijtimoiy sharoitini o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Q.Xaydarov ko‘chasi 61-uyda yashovchi Alimovlar oilasining yashash sharoiti o‘rganildi. Oila tarkibida II guruh nogironligi bo‘lgan bir nafar oila a’zosi mavjud bo‘lib, xonadon ehtiyojmand oilalardan biri hisoblanadi.

Tashrif davomida oila a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning mavjud ehtiyoj va muammolari tinglandi. Muloqot jarayonida oila a’zosi M.Alimova uy sharoitida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish, shu orqali oilaga qo‘shimcha daromad manbai yaratish maqsadida tikuv mashinasiga ehtiyoj borligini bildirdi.

Mazkur murojaat deputat X.Nazarova tomonidan e’tiborga olinib, tadbirkor va homiylarni jalb etgan holda oilaga tikuv mashinasi olib berilishi tashkil etildi.

Tikuv mashinasi Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda mahalla faollari ishtirokida oilaga topshirildi.

Mazkur amaliy yordam orqali M.Alimovaning uy sharoitida tikuvchilik bilan shug‘ullanishi, mehnat qilishi va oilasiga qo‘shimcha daromad manbai yaratishi uchun imkoniyat yaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5