Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY: KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
#yunusobod_deputatlari
янв.21
MINOR MAHALLASIDA 9-SONLI MAKTAB ATROFIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #deputatlar_faoliyati Bizni kuzatishda davom eting! 🔵Telegram 🌐Facebook 📹Instagram 🟥YouTube
янв.21
TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
ISH JOYIDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MUHIT — MUHIM VAZIFA!
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Viloyat Kengashi deputatlari tomonidan qaror ijrosi o‘rganildi

📌 Viloyat Kengashi deputatlari tomonidan qaror ijrosi o‘rganildi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati S.Norboyeva hamda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi Z.Turdiyev tomonidan Kengash qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

♾ O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning hududlarda amaliyotga joriy etilishi, belgilangan chora-tadbirlarning bajarilish holati hamda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Shuningdek, qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlarning amaldagi talab va me’yorlarga muvofiqligi yuzasidan tahliliy o‘rganishlar olib borildi.

⁉️ Jarayonda mutasaddi tashkilotlar mas’ullari ishtirokida qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha fikr almashildi. Ayniqsa, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash, ishlar samaradorligini oshirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga alohida urg‘u berildi.

⚡️ O‘rganish yakunida mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qaror ijrosini to‘liq ta’minlash, nazorat tadbirlarini izchil davom ettirish hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar natijadorligini yanada oshirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2