Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA XAVFSIZ VA FAROVON MAHALLA MUHITINI YARATISH BO‘YICHA MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
“BEG‘UBOR” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
АHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA O‘RGANISHLAR OLIB BORILMOQDA👇👇👇
янв.21
MAKTABDA DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI, «ADOLAT» MAHALLASIDA KANALIZATSIYA QUVURLARI YANGILANDI
янв.21
YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA AMALIY MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
BILLUR MAHALLASIDA YANGI EKOHUDUD BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
Yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori
янв.21
“MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
33-SON OILAVIY POLIKLINIKA UCHUN YANGI BINODA TA’MIRLASH JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Muhammedova Barno Farxodovna Qozirobod mahallasida bo‘lib, 33-son oilaviy poliklinikani yangi binoga ko‘chirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, umumiy yotoqxona binosini mukammal ta’mirlash jarayonini o‘rgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-may kuni Chilonzor tumaniga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan 19-sonli topshiriqlar bayonining 13-bandiga muvofiq, Nurxon ko‘chasi, 20-B uy manzilida joylashgan umumiy yotoqxona binosini mukammal ta’mirlash va keyinchalik KXAY ko‘chasidagi 7-son ko‘p qavatli turar joy binosining 1-qavatida faoliyat yuritayotgan 33-son oilaviy poliklinikani mazkur binoga ko‘chirish rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida poliklinika uchun mo‘ljallangan binoda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi, qurilish jarayonlari hamda kelgusida tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratiladigan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun munosib sharoitlar yaratish — muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 3