Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #8_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati Ichki yo‘llar holati — deputatlik nazoratida
Termiz shahrida yo‘llarning holatini yaxshilash, transport vositalari harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan yo‘l infratuzilmasiga oid muammolarni amaliy hal etish borasida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan Kengashning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasidagi yo‘llarning holati o‘rganildi.

So‘fi Olloyor ko‘chasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida yo‘l qoplamasida yuzaga kelgan cho‘kish va o‘pirilish holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Mazkur holat transport vositalari harakatiga noqulaylik tug‘dirayotgani hamda yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.

Nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” mezonlari asosida olib borilib, xususan, 8-band — “Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati” ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha:

▪️ aniqlangan yo‘l cho‘kishi holati deputatning murojaat daftariga qayd etilib, nazoratga olindi;

▪️ yo‘lning cho‘kishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash, jumladan, grunt holati hamda suv va oqova quvurlarining texnik holatini o‘rganish;

▪️ aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish, yo‘l qoplamasini qayta tiklash va ta’mirlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammoni aniqlash bilan cheklanib qolmasdan, uni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimga yo‘naltirishdir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan hududlardagi mavjud muammolarni manzilli o‘rganish va ularning yechimini nazoratga olish ishlari davom ettiriladi.
Slide 1 of 2