Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #21_band #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Temiryo‘lchi” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Termiz shahrida mahallalarda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov tomonidan “Temiryo‘lchi” mahallasida hududdagi jinoyatchilik holati va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Alohida e’tibor “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mahalla, profilaktika inspektori va tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda jinoyatchilikni kamaytirish, “qizil” va “sariq” hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.