Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
“ERTA ARALASHUV” XIZMATI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari Murotova Lola Ne’matjon qizi va Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani “Healing Way” MChJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan “Erta aralashuv” xizmati faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xizmatlarni tashkil etish holati, bolalar va ularning ota-onalariga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam hamda xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur “Erta aralashuv” xizmatining tashkil etilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-son qarori bilan belgilangan vazifalar asosida amalga oshirilmoqda.
Ushbu hujjatlarda rivojlanishida nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarni erta aniqlash, ularga zarur ijtimoiy, reabilitatsiya va korreksion-pedagogik xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish, shuningdek, ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Erta aralashuv” xizmatini tashkil etish nazarda tutilgan.
O‘rganish jarayonida xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Farzandlar manfaatlari — e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida!

Slide 1 of 6