Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#sessiya
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati #deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

Zarbdor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat — tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Donayev o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Zarbdor” MFY mahalla raisi bilan birgalikda Zarbdor ko‘chasidagi ko‘cha boshilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar, xususan, ko‘cha yo‘lini asfaltlash hamda hududdagi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglanib, mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, Zarbdor ko‘chasining 1 kilometr qismini asfaltlash bo‘yicha murojaat “Murojaatlar daftari”ga qayd etilib, uni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.

Mazkur masalani hal etish jarayoni deputatlik nazorati doirasida nazoratga olinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli natijalarga erishish ko‘zda tutildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2