Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📢 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan Taroqli mahallasida yashovchi fuqarolarning suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.

📍 Fuqarolar murojaatida suyultirilgan gaz ballonlari aholiga oxirgi marotaba 2026-yil may oyida yetkazib berilgani, shundan buyon 4 oy davomida gaz ballonlari yetkazib berilmayotgani bildirilgan.

❗️ Mazkur holat aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarayotgani hamda fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

📝 Murojaat yuzasidan deputat tomonidan Sherobod tuman gaz ta’minoti filialiga deputat so‘rovi yuborilib, mavjud muammoni o‘rganish, uni bartaraf etish va suyultirilgan gaz ballonlarini aholiga o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

🤝 Deputatning asosiy vazifasi — fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarning amaliy yechimini ta’minlashdir.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 2