Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Eshonguzar ko‘chasidagi ta’mirlash ishlari deputatlik nazoratida
Hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va yo‘l-ta’mirlash ishlarining sifati, belgilangan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda aholining haqli murojaatlari yechimini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova, Yangibogʻ va Teraktagi mahallalari raislari hamda Farg‘ona tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi mas’ul xodimi A.Vasidjonov ishtirokida hududdagi yo‘l-ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi ijrosini joyida tahlil qilish maqsadida Yangibogʻ MFY va Teraktagi MFY hududidan o‘tuvchi Eshonguzar ko‘chasida tashkil etildi. Mazkur dastur Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan.

Joyiga chiqib o‘rganish davomida Eshonguzar ko‘chasining 2,4 kilometr qismida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani, mazkur ishlarning umumiy qiymati 7 milliard 210 million so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Biroq o‘rganish jarayonida yo‘l bo‘ylariga o‘rnatilgan beton lotoklarning faqat xonadonlarga kirish-chiqish joylarida usti yopilgani, qolgan qismlar esa ochiq holda qoldirilgani aniqlandi.

Ko‘chaning torligi va transport qatnovining yuqoriligi hisobga olinsa, ochiq qolgan lotoklar piyodalar va transport vositalari harakati uchun noqulaylik tug‘dirishi mumkin. Mazkur holat, tabiiyki, hudud aholisi tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

O‘rganish davomida fuqarolarning fikr-mulohazalari ham tinglanib, yo‘l-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda nafaqat yo‘l qoplamasining holati, balki aholining kundalik harakati va xavfsizligi uchun zarur sharoitlarni ham ta’minlash lozimligi qayd etildi.

Aniqlangan masala yuzasidan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Z.G‘ofurova tomonidan Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Eshonguzar ko‘chasidagi beton lotoklarning ochiq qolgan qismlari bilan bog‘liq holatni o‘rganish, fuqarolarning haqli e’tirozlarini inobatga olish hamda yo‘l infratuzilmasidan xavfsiz va qulay foydalanish uchun zarur choralarni ko‘rish masalasi ko‘tarildi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazoratining amaliy ahamiyatini yana bir bor ko‘rsatadi. Chunki hududlarda amalga oshirilayotgan har qanday bunyodkorlik va infratuzilma loyihasi, avvalo, aholining kundalik hayotiga qulaylik yaratishi va fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi kerak.

Eshonguzar ko‘chasidagi mavjud holat bo‘yicha deputatlik so‘roviga asosan ko‘riladigan choralar va masalaning yakuniy yechimi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.
Slide 1 of 8