Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat B.Jo‘rayev, shuningdek, Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari K.Ortiqboyev va B.Xabibullayev ishtirokida Yangi Ovul mahallasida fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
📍 O‘rganish jarayonida xonadonlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqot qilindi, ularning murojaat va takliflari tinglandi hamda mavjud muammolar joyida o‘rganildi.
♻️ Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ-363-son Qonuni ijrosi yuzasidan ham o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot, muammolarni joyida o‘rganish va ekologik qonunchilik ijrosini ta’minlash — barqaror va farovon hudud sari muhim qadamdir!
🌿 Tabiatni asrash — kelajakni asrash!