Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida mahalla profilaktika inspektorining O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son Qonuni ijrosini ta’minlash borasida olib borayotgan ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash hamda aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot-tushuntirish ishlarini tashkil etish masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish, huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlarini yanada kuchaytirish hamda aholi bilan profilaktik muloqotlarni tizimli ravishda olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4