Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
#24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati

#24_tavsiya_ijrosi #deputat_faoliyati
24-tavsiya ijrosi doirasida kutubxona faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 20-Do‘stlik saylov okrugi deputati Qulliyeva Orzigul Abdullayevna tomonidan o‘z saylov okrugida 24-tavsiyaning ijrosi yuzasidan kutubxona faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, kitob fondining holati hamda aholining, xususan, ta’lim sohasi xodimlarining kutubxonadan foydalanish darajasiga e’tibor qaratildi.

Tadbirda xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Choriyeva ham ishtirok etdi.

Kutubxona mas’ulining ma’lumotiga ko‘ra, kutubxona fondida 12 mingdan ziyod kitob mavjud bo‘lib, shundan 1,5 mingga yaqini badiiy adabiyotlarni tashkil etadi. Mavjud adabiyotlar kitobxonlar ehtiyojini ta’minlash uchun yetarli ekani qayd etildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasidagi 68 nafar o‘qituvchidan 51 nafari kutubxonaga a’zo ekani, kitobxonlar uchun tegishli kartotekalar shakllantirilgani va ularning muntazam foydalanib borayotgani ma’lum qilindi.

O‘rganish davomida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, kitobxonlar, ayniqsa, yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda 24-tavsiyada belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1