Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY: KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
#yunusobod_deputatlari
янв.21
MINOR MAHALLASIDA 9-SONLI MAKTAB ATROFIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #deputatlar_faoliyati Bizni kuzatishda davom eting! 🔵Telegram 🌐Facebook 📹Instagram 🟥YouTube
янв.21
TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
ISH JOYIDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MUHIT — MUHIM VAZIFA!
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 11-martdagi VII-16-13-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi O‘.Xoshimov tomonidan  og‘ir toifaga kiritilgan “Surxon sohili” mahallasida aholi uchun qulay infratuzilma obyektlarini barpo etish ishlarining borishini o‘rgandi.

Unga ko‘ra, hududdagi 2 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash, 5,6 kilometr piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish hamda tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, mahalla ichki ko‘chalarini asfaltlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Ayni paytda hududda zamonaviy piyodalar yo‘lakchalarini barpo etish va tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.

Mazkur bunyodkorlik ishlari natijasida mahalla infratuzilmasi zamonaviy talablar asosida takomillashtirilib, aholining erkin va xavfsiz harakatlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Amalga oshirilayotgan mazkur loyihalar, avvalo, aholining kundalik turmush sharoitini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va hududni zamonaviy qiyofaga keltirishga qaratilgan.

Slide 1 of 4