Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AHOLI MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM VOSITASI!
янв.21
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
QADRDON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun
янв.21
KITOB — MA’RIFAT, BILIM VA YUKSAK MA’NAVIYAT MANBAI!
DEPUTATLARGA BIRIKTIRILGAN MAHALLALARDA “IJTIMOIY REYESTR”GA KIRITILGAN OILALAR BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi, deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan deputatlarga biriktirilgan “Quyosh” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, ularni kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Xususan, kambag‘al va kambag‘allik chegarasidagi oilalarning mavjud imkoniyatlarini aniqlash, ularning daromad manbalarini shakllantirish, ishsiz fuqarolarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan oilalarning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib manzilli ishlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning natijadorligini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni muntazam tahlil qilib borish yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarni
kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash va oilalar daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
  

Slide 1 of 4