Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY: KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
#yunusobod_deputatlari
янв.21
MINOR MAHALLASIDA 9-SONLI MAKTAB ATROFIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #deputatlar_faoliyati Bizni kuzatishda davom eting! 🔵Telegram 🌐Facebook 📹Instagram 🟥YouTube
янв.21
TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
ISH JOYIDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MUHIT — MUHIM VAZIFA!
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Kengash_faoliyati

Har bir murojaat — e'tibor va amaliy yechim markazida!

✅Bandixon tumanida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglab, muammolariga yechim topish maqsadida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradovning navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.

✅Qabul avvalida avvalgi qabullarda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosi yuzasidan mas'ul rahbar va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Har bir murojaatning bajarilish holati atroflicha tahlil qilinib, amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha aniq ma'lumotlar taqdim etildi. Bu esa har bir murojaat amalda o‘z yechimini topayotganidan dalolat beradi.

✅Prezident Xalq qabulxonasi binosida o‘tkazilgan qabul davomida tumanning turli mahallalaridan kelgan fuqarolar davolanish, oqova suv tarmoqlari, tadbirkorlik uchun yer ajratish, oilaviy, ishga joylashish hamda boshqa dolzarb ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

✅Qabul davomida jami 8 ta murojaat ko‘rib chiqildi. Ularning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas'ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi.

✅Bandixonda har bir murojaatga mas'uliyat bilan yondashilmoqda. Chunki har bir murojaat ortida inson taqdiri, oila manfaatlari va ertangi kunga bo‘lgan ishonch mujassam. Xalq dardini tinglash, muammolariga amaliy yechim topish hamda aholi roziligini ta'minlash yo‘lidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7