Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM

#Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️RAQAMLI SAVODXONLIK — DAVLAT XIZMATLARIDAN QULAY FOYDALANISH SARI MUHIM QADAM

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev hamda Mirobod tumani kiberxavfsizlik rahbari T. Sobirov Mirobod tumanidagi “Banokatiy” mahallasida aholining raqamli savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirda ishtirok etdi.

🔺 Tadbir davomida aholiga My.gov.uz platformasidan foydalanish tartibi ko‘rsatilib, kerakli davlat xizmatlari va ma’lumotlarini mustaqil izlash hamda olish bo‘yicha ko‘nikmalar berildi.

🔐 Shuningdek, My.soliq.uz va E-anticor.uz platformalarining imkoniyatlari, ulardan foydalanish tartibi haqida ma’lumot berildi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

📉 Bu orqali fuqarolarning zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat xizmatlarini mustaqil olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratildi.

📋 Mazkur tadbir mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — davlat xizmatlaridan foydalanishda aholiga qulaylik yaratish, fuqarolarning xabardorligini oshirish hamda mahallalarda aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish vazifalari bilan hamohang bo‘ldi.

✅ Toshpo‘lat Matibayev fuqarolarning raqamli bilimlarini oshirish va elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanishiga ko‘maklashish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4