Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Prezident topshiriqlari amalda: Termiz shahrining "Yulduz" mahallasida ijtimoiy reyesterdagi oilalar holati o‘rganildi!
 Davlatimiz rahbari raisligida aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan ustuvor topshiriqlar ijrosini Termiz shahrida so‘zsiz va amalda ta’minlash borasida tizimli ishlar jadal davom ettirilmoqda.

Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev shahardagi mutasaddi rahbarlar hamda “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda shahardagi “Yulduz” mahallasida bo‘lib, keng qamrovli o‘rganish tadbirlarini o‘tkazdilar.

Tashrif davomida shahar hokimi va mas’ullar mahalladagi ijtimoiy reyestrda (kambag‘allik reyestri) turgan oilalar xonadonlarida bo‘lib, ular bilan dildan suhbatlashdilar. Xonadonlardagi ijtimoiy sharoitlar, oila a’zolarining bandlik darajasi va daromad manbalari sinchkovlik bilan o‘rganildi. Xususan:

• Bandlikni ta’minlash: Ishsiz oila a’zolarini doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;

• Imtiyozli ko‘mak: Tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash;

• Ijtimoiy-tibbiy yordam: Ehtiyojmand oilalarning salomatligi, ijtimoiy nafaqalar va boshqa turdagi yordamlarni o‘z vaqtida olishlari yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

"Prezidentimiz tomonidan oldimizga qo‘yilgan eng asosiy vazifa — har bir oilaning ijtimoiy ahvolini o‘rganib, ularga 'xonadonbay' yondashgan holda daromad manbaini yaratib berishdir. 'Yulduz' mahallasida o‘tkazgan o‘rganishlarimiz davomida har bir oilaning muammosini tinglab, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq manzilli rejalarni belgilab oldik. Bu boradagi ishlarni shahar miqyosida qat'iy davom ettiramiz," — deya ta'kidladi shahar hokimi, deputat Sh.Lolayev.

Aholining turmush darajasini yaxshilash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar shahar hokimligi va deputatlar tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
Slide 1 of 9