Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

“#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
❗️Uch avlod uchrashuvi”

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov boshchiligida Yashnobod tumanidagi 156-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi.

🔺 Uchrashuvda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, Yashnobod tumani “Nuroniy” jamg‘armasi raisi B. Xudoyorov hamda xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari U. Muhammadiyev, T. Axmedova va N. Abduroziqova ishtirok etdi.

📁 Tadbirda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov nutq so‘zlab, yoshlarni nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan saboq olishga, puxta bilim egallashga, Vatanga sadoqatli va mas’uliyatli inson bo‘lib voyaga yetishga chaqirdi. Shuningdek, avlodlar o‘rtasidagi uzviy muloqot va vorisiylikni mustahkamlashning muhim ahamiyatiga to‘xtaldi.

✅ Tadbir davomida nuroniylar o‘zlarining hayotiy va mehnat tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li haqida yoshlar bilan o‘rtoqlashib, ularning kelgusidagi o‘qish hamda mehnat faoliyatida muvaffaqiyat qozonishlari uchun tavsiyalar berdi.

📚 O‘z navbatida, yoshlarning fikr-mulohazalari, qiziqishlari va kelajakdagi maqsadlari tinglandi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Mazkur uchrashuv mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘rganilishi belgilangan 24 ta muhim masala, xususan, yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi, yoshlar bandligi, ta’lim va sport infratuzilmasining holatini o‘rganish yo‘nalishlari bilan hamohang bo‘ldi.

🤝 “Uch avlod uchrashuvi” avlodlar o‘rtasida tajriba almashish, o‘zaro hurmatni mustahkamlash hamda yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7