Chilonzor tumani Xirmontepa MFY, 19-mavze, 33-uyda istiqomat qiluvchi, II guruh nogironligi bo‘lgan Komilova Nigina “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2025-yilgi mavsumi doirasida parastol tennisi bo‘yicha Respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni egallagan.
🏆 Niginaning ushbu yutug‘i munosabati bilan Xirmontepa mahallasi hududida Sport vazirligi tomonidan yangi sport maydonchasi barpo etildi
Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mavlonov Azam Qarsiyevich ishtirok etib, yangi sport maydonchasini tantanali ravishda ochib berdi.
Shuningdek, deputat Chilonzor tumani nomidan Niginani ushbu yuksak sport yutug‘i bilan samimiy muborakbod etib, unga kelgusidagi musobaqalarda yangi g‘alabalar va ulkan zafarlar tiladi.
⚽️ Mazkur sport inshooti mahalla yoshlari va aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, yangi iqtidorli sportchilarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlash uchun muhim maskanga aylanadi.
💪 Niginaning erishgan natijasi — iroda, matonat va qat’iyatning yorqin namunasi. Uning g‘alabasi mahalladagi yoshlar uchun ham katta motivatsiya va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.