Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Chilonzor tumani hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2026-yilning 2-mavsumida “G‘olib” deb topilgan loyihalarga mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi va navbatdagi sessiya kun tartibiga tasdiqlash uchun kiritildi.
2026-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar doirasida Chilonzor tumanida qator ijtimoiy va infratuzilma obyektlarida obodonlashtirish, ta’mirlash va qurilish ishlari amalga oshiriladi.
Beshqo‘rg‘on MFY, 270-maktab — 2 ta mini-futbol maydoni, Workout maydonchasi, kiyinish va yuvinish xonalari quriladi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
Katta Qozirabod MFY, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi — qabul bo‘limi va asosiy kirish qismi zamonaviylashtiriladi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
Lutfiy MFY, Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport markazi — boks, dzyudo va kurash zallari ta’mirlanadi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
Guliston MFY, 280-maktab — moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi. 824 mln so‘m.
Qozirabod MFY, 138-maktab — Jasorat sinflari uchun sport va amaliy mashg‘ulot maydonlari, sug‘orish tizimi barpo etiladi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
1-Qatortol MFY, 37-oilaviy poliklinika — kirish qismi, zinalar, yo‘laklar va sanitariya xonalari ta’mirlanadi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
Sharq MFY, 281-maktab — moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi. 823,5 mln so‘m.
Gavhar MFY, 188-maktab — moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi. 823,4 mln so‘m.
Shuhrat MFY, 101-maktab — moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi. 823,5 mln so‘m.
Katta Do‘mbirobod MFY, 131-maktab — moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi. 822,5 mln so‘m.
Ko‘tarma MFY, 181-maktab — moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi. 823 mln so‘m.
Ko‘rkam MFY, 173-maktab — moddiy-texnika bazasi rivojlantiriladi. 823,5 mln so‘m.
Katta Do‘mbirobod MFY, 131-maktab — yopiq stadion, sanuzel, kiyinish xonasi va omborxona quriladi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
Fidokor MFY, Respublika OITSga qarshi kurash markazi klinikasi — zamonaviy dori saqlash omborxonasi quriladi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
Qatortol MFY, 314-DMTT va 23–24-uylar yonida — zamonaviy bolalar maydonchasi va mini-stadion quriladi. 600 mln so‘m.
Katta Olmazor MFY, 90-maktab ro‘parasi — futbol maydoni obodonlashtirilib, yoritish, kamera va kiyinish-yuvinish xonalari tashkil etiladi. 1 mlrd 500 mln so‘m.
Bog‘zor MFY, 179-maktab — zamonaviy stadion, yoritish tizimi va yopiq sport maydoni barpo etiladi. 1 mlrd 648 mln so‘m.
Jami: 21 mlrd 47 mln 400 ming so‘m.