35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA “MAHALLA — UNIVERSITET — YOSHLAR” HAMKORLIGI YO‘NALISHIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MILLIY QADRIYATLAR — AVLODLAR QALBIDA
янв.21
“YANGIBOG’” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGIBOG‘” MAHALLASIDA DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“AHMAD DONISH” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
“YUNUSOTA” MAHALLASIDA YANGI INVESTITSIYA LOYIHASI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” DOIRASIDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR 👇👇👇
янв.21
TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK VA ISHBILARMONLIK MUHITINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
DEPUTAT SAYLOVCHI OLDIDA QANDAY HISOB BЕRADI?

DEPUTAT SAYLOVCHI OLDIDA QANDAY HISOB BЕRADI?
Deputat — xalq vakili. Uning asosiy vazifalaridan biri saylovchilarning murojaatlari, taklif va muammolarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan saylovchilar oldida hisobdor bo‘lishdir.
Deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari — bu shunchaki muloqot emas, balki xalq vakili faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlashning muhim shakli hisoblanadi.
Bunday uchrashuvlarda deputat:
🔹 amalga oshirgan ishlari va tashabbuslari haqida axborot beradi;
🔹 saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot beradi;
🔹 hududdagi dolzarb muammolarni muhokama qiladi;
🔹 kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilaydi;
🔹 fuqarolarning taklif va fikrlarini tinglaydi.
Saylovchi va deputat o‘rtasidagi doimiy muloqot — samarali vakillik va xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omilidir.