35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
274-SONLI MAKTABDA HOJATXONA VA OQOVA SUV TIZIMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH: MAHSUS SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MANFAATI UCHUN: BILLUR MAHALLASIDA YANGI EKOHUDUD BARPO ETILMOQDA
янв.21
#qonunchilikdagi_yangiliklar #Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
INSON QADRI — E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — MUHIM QAROR
янв.21
“AHILOBOD” MFY HUDUDIDAGI 2939-SONLI TRANSFORMATOR PODSTANSIYASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OQTEPA” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
QIZIL-QIYOQ MAHALLASIDA DEPUTATLIK O‘RGANISHI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashi deputati M. To‘ychiev tomonidan o‘z saylov okrugi — 14-Qizil-qiyoq saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Qizil-qiyoq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi I. Qo‘chqarov bilan birgalikda mahalla hududidagi mavjud holat, aholini qiynayotgan muammolar hamda fuqarolarning murojaat va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar ko‘zdan kechirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar shakllantirildi.

Aniqlangan muammolarni hal etish, fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish hamda saylovchilarning manfaatlarini himoya qilish masalalari deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Kelgusida o‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga murojaatlar yo‘llanib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinadi.