35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
274-SONLI MAKTABDA HOJATXONA VA OQOVA SUV TIZIMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH: MAHSUS SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MANFAATI UCHUN: BILLUR MAHALLASIDA YANGI EKOHUDUD BARPO ETILMOQDA
янв.21
#qonunchilikdagi_yangiliklar #Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
INSON QADRI — E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — MUHIM QAROR
янв.21
“AHILOBOD” MFY HUDUDIDAGI 2939-SONLI TRANSFORMATOR PODSTANSIYASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OQTEPA” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
#_deputat_faoliyati AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI

#_deputat_faoliyati
AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILDI


Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini amaliy hal etish borasida deputatlar tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Rajabovga saylangan hududidagi, xususan, Sharg‘un shahridagi mahalla aholisi tomonidan hududda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmayotgani yuzasidan murojaat yo‘llangan.

Mazkur murojaat xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari M.Rajabov, N.Chorshabiyeva hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish natijasida mahalla hududidagi to‘planib qolgan chiqindilar tozalandi.

Shuningdek, chiqindilarni tartibli yig‘ish va o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash maqsadida chiqindi tashlash uchun konteyner hamda chiqindilarni olib ketuvchi maxsus transport vositasi ajratildi.

Shu tariqa, mahalla aholisi tomonidan bildirilgan murojaat amaliy choralar ko‘rilishi natijasida ijobiy hal etildi.

Deputatlarning fuqarolar bilan bevosita muloqot qilishi, murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishi va aniqlangan muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etishi aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 3