Yoshlar bandligi va ular bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
O‘rganish jarayonida mahalladagi Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha ishlar tahlil qilindi.
Mazkur nazorat-tahlil ishlari tuman Kengashi deputati B. Mirzabekov tomonidan amalga oshirilib, yoshlar bilan ishlashda mavjud masalalar, erishilgan natijalar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi.
Yoshlar bandligini ta’minlash;
yoshlarning muammolarini manzilli o‘rganish;
yoshlar uchun yangi imkoniyat va loyihalarni kengaytirish — asosiy vazifalar sifatida belgilandi.
Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish — mahalla taraqqiyotining muhim omilidir.