35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA “MAHALLA — UNIVERSITET — YOSHLAR” HAMKORLIGI YO‘NALISHIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MILLIY QADRIYATLAR — AVLODLAR QALBIDA
янв.21
“YANGIBOG’” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGIBOG‘” MAHALLASIDA DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“AHMAD DONISH” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
“YUNUSOTA” MAHALLASIDA YANGI INVESTITSIYA LOYIHASI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” DOIRASIDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR 👇👇👇
янв.21
TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK VA ISHBILARMONLIK MUHITINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
OILADA VA JAMIYATDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BORASIDAGI QONUNCHILIK ISLOHOTLARI

OILADA VA JAMIYATDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH BORASIDAGI QONUNCHILIK ISLOHOTLARI

O‘zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash hamda oilada teng huquqliligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda muhim qonunchilik islohotlari amalga oshirildi. Xususan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni kafolatlash, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilindi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 58-moddasida ham xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi mustahkamlanib, davlat zimmasiga ular uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash vazifasi yuklatildi.

Bugungi islohotlarning muhim jihati — ayollarni nafaqat zo‘ravonlikdan himoya qilish, balki ularning ta’lim olishi, mehnat qilishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyatlar yaratishdir.

Xulosa qilib aytganda, ayol huquqlari himoyalangan, teng imkoniyatlar ta’minlangan jamiyatda oila mustahkamligi va ijtimoiy barqarorlik yanada yuksaladi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova