Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI VA OLDINDA TURGAN VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan 15-Utemurat saylov okrugi hududi Shieli OFY mahalla yettiligi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalla hududida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, obodonlashtirish hamda hududdagi mavjud muammolarni manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, hududdagi dolzarb masalalarni hamkorlikda hal etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3