35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Kengash_faoliyati

#24_ta_tavsiya

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 16-"Qaldirg'och" saylov okrugidan saylangan deputati D.Qudratovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Qurbonov tomonidan "Qaldirg'och" mahallasining Fayzobod ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan elektr uzatish ustunlarini o‘rnatish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

✅Qurilish-montaj ishlarining borishi, ularning amaldagi qurilish me'yorlari va texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan atroflicha o‘rganish olib borildi.

✅ Tashrif davomida hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashilib, ishlarning sifati, xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shu bilan birga, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining murojaatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda infratuzilma loyihalarini izchil davom ettirish zarurligi alohida ta'kidlandi.

✅ Fuqarolar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yashash muhitini yaratish, mahallalarda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish hamda hududlarni kompleks obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan bunday amaliy ishlar deputatlik va jamoatchilik nazorati asosida muntazam monitoring qilinib, ularning samarali ijrosini ta'minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rib borilmoqda.

Slide 1 of 2