35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SOBIROBOD MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
274-SONLI MAKTABDA HOJATXONA VA OQOVA SUV TIZIMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH: MAHSUS SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
HUSNIOBOD” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
AHOLI MANFAATI UCHUN: BILLUR MAHALLASIDA YANGI EKOHUDUD BARPO ETILMOQDA
янв.21
#qonunchilikdagi_yangiliklar #Deputatlik_nazorati #162_ta_eng_muhim_qonun
янв.21
INSON QADRI — E’TIBOR VA G‘AMXO‘RLIKDA
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” — MUHIM QAROR
янв.21
“AHILOBOD” MFY HUDUDIDAGI 2939-SONLI TRANSFORMATOR PODSTANSIYASINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“OQTEPA” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Nosirov hamda shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova bilan hamkorlikda “Mustaqillik” mahallasida Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi 167-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallada ish yuritish va hujjatlarni rasmiylashtirishning davlat tili talablariga muvofiqligi, xususan, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi tomonidan yuritilayotgan hujjatlarning davlat tilida rasmiylashtirilishi holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hujjatlarning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yuritilishi, matnlarda davlat tili me’yorlariga rioya qilinishi hamda ish yuritishda o‘zbek tilidan to‘g‘ri foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mahalla hududidagi peshlavhalar ham o‘rganilib, ularning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilgani, mazmunan to‘g‘ri rasmiylashtirilgani va ularda o‘zbek tiliga ustuvorlik berilgani holati ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida davlat tili talablariga qat’iy rioya etish, ish yuritish hujjatlarini belgilangan me’yorlar asosida yuritish hamda mahalla hududidagi tashqi yozuv va peshlavhalarda o‘zbek tilining nufuzi va mavqeini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4