OBI MAHALLASIDA 2-SONLI DMTT REKONSTRUKSIYA QILINMOQDA
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 24 dekabrdagi PQ–393-son qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati Boysun tumani «Obi» MFYda rekonstruksiya qilingan 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yakuniy qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
🔎 Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashi bosh mutaxassisi S.O‘ktamov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida mazkur ob’ektda olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
📌 Ma’lumot uchun:
🏗 Loyiha qiymati — 4 mlrd 621 mln so‘m;
📐 Ob’ekt 0,5 gektar maydonda;
💰 Respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
👧👦 Loyiha amalga oshirilishi natijasida 150 nafar bolani qamrab olish imkoniyati yaratiladi hamda 10 ta yangi ish o‘rni tashkil etilishi belgilangan.
✅ O‘rganish davomida ob’ektdagi yakuniy qurilish-montaj ishlarining borishi, sifatli bajarilishi va belgilangan talablarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Zamonaviy va qulay maktabgacha ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi mahallada bolalarni sifatli ta’lim-tarbiya bilan qamrab olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.