35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Gaz tarmoqlarini yangilash ishlari nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan “Taxiatosh” va “Markaziy” MFY dagi katta yo‘l bo‘ylarida amalga oshirilayotgan gaz tarmoqlarini yangilash ishlari o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida yer ostida qolib ketgan hamda ayrim joylarda aholi yashash uylari oldidan tartibsiz holatda o‘tgan gaz quvurlarini yer ustiga chiqarish, eskilarini yangisiga almashtirish va estetik ko‘rinishga keltirish ishlari ko‘zdan kechirildi.

📌 Mazkur ishlar gaz ta’minoti xavfsizligini oshirish, tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash hamda mahalla ko‘chalarining obod va tartibli ko‘rinishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4