Tuman Kengashi deputati S. Allayorov “Drujba Foton” MChJda 2019-yil 7-noyabrdagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-sonli Qonun ijrosi yuzasidan davra suhbati o‘tkazdi.
Unda ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda qonun talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.