Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
GO'SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — DЕPUTATLIK NAZORATIDA

GO'SHT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI — DЕPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan so‘yish korxonalari faoliyatini tartibga solish hamda iste’mol bozoriga go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari boshlandi.
🔎 Bugun mazkur yo‘nalishda tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Qatorterak mahallasida joylashgan so‘yish korxonasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida korxonada hayvonlarni so‘yish jarayonining belgilangan talablar asosida tashkil etilgani, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishi, veterinariya nazorati hamda go‘sht mahsulotlarining iste’mol uchun xavfsizligini ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholiga sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlarini yetkazib berishda mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
🥩 Aholi dasturxoniga yetib borayotgan har bir go‘sht mahsulotining sifati va xavfsizligi — inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq.
Xalq deputatlari Kengashi tomonidan mazkur masala deputatlik nazoratida bo‘lib, o‘rganish natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va soha faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 6