Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
DAVLAT TILI — E’TIBOR VA MAS’ULIYAT MASALASI

 DAVLAT TILI — E’TIBOR VA MAS’ULIYAT MASALASI
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni talablarini hayotga izchil tatbiq etish, davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, uning xizmat ko‘rsatish sohasidagi amaliy qo‘llanilishini ta’minlash borasida hududlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi 78-son bayonining 8-ilovasi 16-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishchi guruh tomonidan tuman hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida mazkur xizmat ko‘rsatish obyektlarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida rasmiylashtirilganligi, taom va ichimliklar nomlarining adabiy til me’yorlariga muvofiq yozilishi hamda iste’molchilarga taqdim etilayotgan axborotning davlat tilida ifodalanganligi holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, taomnomalarni davlat tilida to‘g‘ri va me’yoriy jihatdan talab darajasida rasmiylashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.
Ta’kidlash joizki, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish sohasida davlat tilidan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish nafaqat qonunchilik talablarini ta’minlash, balki milliy tilimizga bo‘lgan hurmatni amalda namoyon etishning muhim ko‘rinishidir.
Bunday o‘rganishlar tuman hududida davlat tiliga oid qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash, davlat tilining nufuzi va mavqeini mustahkamlash hamda xizmat ko‘rsatish sohasida davlat tilidan foydalanish madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.

Slide 1 of 2