Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — ASOSIY QOIDALAR
янв.21
XOTIN-QIZLAR HUQUQLARI VA TENGLIK KAFOLATLARI BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
“XAMKOROBOD” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“NURMAKON” MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI YARATISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLAR — ILM-FAN VA TEXNOLOGIYALAR SOHASIDA YANGI ZAFARLAR SARI!
янв.21
TARIXNI ANGLASH — MILLIY XOTIRANI ASRASH
янв.21
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH — MUHIM HUQUQIY MASALA!
янв.21
⚖️“BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN
янв.21
BOLALARNI ZO‘RAVONLIKNING BARCHA SHAKLLARIDAN HIMOYA QILISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
JAHOLATGA QARSHI — MA’RIFAT!
FUQAROLAR VAKILLARI FAOLIYATI — JAMOATCHILIK NAZORATINING MUHIM BO‘G‘INI

 FUQAROLAR VAKILLARI FAOLIYATI — JAMOATCHILIK NAZORATINING MUHIM BO‘G‘INI

📋 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizom mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqildi.

🔹 Yig‘ilish davomida fuqarolar vakillarining mahalladagi o‘rni, ularning aholi manfaatlarini ifodalashdagi vazifalari hamda fuqarolar yig‘ini faoliyatidagi ishtiroki haqida fikr almashildi.

🔹 Nizomga ko‘ra, fuqarolar vakillari hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etadi.

🔹 Shuningdek, fuqarolar vakillarining fuqarolar yig‘inlarida faol ishtirok etishi, aholi oldida har chorakda hisobot berishi, hudud aholisi manfaatlarini ifodalashi ularning asosiy vazifalaridan ekani qayd etildi.

🤝 Doimiy komissiya tomonidan fuqarolar vakillari faoliyatini qonunchilik talablari asosida samarali tashkil etish, ularning mas’uliyatini oshirish va aholi bilan bevosita muloqotini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Fuqarolar vakili — mahalla va aholi o‘rtasidagi muhim ko‘prik. Uning faol va mas’uliyatli faoliyati hududdagi muammolarni aniqlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.