Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
FUQARO MUROJAATI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “5-Cheksaroy” saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga kiruvchi “Karimbobo” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman Kengashi deputati D.Xamraqulov tomonidan “Chekxitoy” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro O.G‘oziyevning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida fuqaro O.G‘oziyev tomonidan “Chekxitoy” mahallasida yashovchi aholi, xususan, keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda yosh bolali oilalar tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun hududdan chekka masofada joylashgan “Karimbobo” MFY oilaviy shifokorlik punktiga murojaat qilishga majbur bo‘layotgani ta’kidlandi.

✅ Shu munosabat bilan, “Chekxitoy” mahalla guzari hududidagi yangi ta’mirlangan binoda “Karimbobo” MFY oilaviy shifokorlik punkti qoshida vrachlik punkti tashkil etish, shuningdek, mazkur hududga biriktirilgan shifokor va hamshiralar tomonidan haftasiga uch kun tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan murojaat bildirildi.

✅ Murojaatni o‘rganish maqsadida mas’ullar tomonidan “Karimbobo” MFY oilaviy shifokorlik punktiga borilib, muassasa mudiri bilan masala yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

✅ Suhbat davomida fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalani tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda tibbiy xizmatlarni “Chekxitoy” mahallasi aholisiga yanada yaqinlashtirish hamda murojaatda bildirilgan taklif yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 3