Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
AHOLI MUAMMOSI DEPUTAT E’TIBORIDA

 AHOLI MUAMMOSI DEPUTAT E’TIBORIDA

🚨 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashiga 25-Machay saylov okrugidan saylangan deputat H.Eshonqulov tomonidan aholi murojaatlari asosida hududdagi ijtimoiy va infratuzilma muammolari o‘rganilmoqda.

🚨 O‘rganishlar davomida Yuqori Machay mahallasi hududidan tog‘li Qizilnavr mahallasini tuman markazi bilan bog‘lovchi asosiy avtomobil yo‘lida joylashgan ko‘prikning holati ham o‘rganildi. Mazkur ko‘prik Qizilnavr mahallasi aholisining tuman markaziga borib-kelishini ta’minlovchi muhim transport infratuzilmasi ob’ekti hisoblanadi.

🚨 Ko‘prikni ta’mirlash va qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish aholining xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash, kundalik ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyatga ega.

🚨 Mazkur ko‘prikni hashar yo‘li bilan qayta qurish rejalashtirilgan bo‘lib, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun zarur qurilish materiallari bilan ta’minlash masalasi dolzarb hisoblanadi.

🚨 Shu munosabat bilan deputat H.Eshonqulov Boysun tumani hokimi o‘rinbosari O.Azizovga deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilib, mazkur ko‘prikni ta’mirlash uchun 4 dona temir-beton plita ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.

🚨 Aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✍✍✍ Xalq vakillarining bunday tashabbuslari hududlarda aholi uchun zarur infratuzilmani yaxshilash, yo‘l-transport sharoitlarini yanada qulaylashtirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3