Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
OBI MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 OBI MAHALLASIDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTINI YAXSHILASH MASALASI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🚨Aholining murojaatlarini o‘rganish va ularni qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

🚨Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 4-“Obi” saylov okrugidan saylangan deputat Sayyora Majidova tomonidan “Obi” mahallasi aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.

🚨Ma’lumki, “Obi” mahallasi hududida 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 1 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti, Milliy gvardiya bo‘linmasi, Soliq inspeksiyasi, 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar hamda 50 dan ortiq savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyat yuritadi. Hududda aholi va ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarning zich joylashgani muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini, xususan, ichimlik suvi ta’minotini yanada yaxshilash zarurligini ko‘rsatmoqda.

🚨Shu munosabat bilan fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida Boysun tumani hokimining birinchi o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi kiritildi.

🚨Deputatlik so‘rovida “Obi” mahallasi hududida, jumladan, Olmazor ko‘chasida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash uchun uzunligi 1 kilometr, diametri 110 millimetr bo‘lgan ichimlik suvi quvurini ajratish va uni o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.

🚨Aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash — ularning munosib hayot kechirishlari uchun muhim omil hisoblanadi. Shu bois, mazkur deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalaning o‘z vaqtida hal etilishi “Obi” mahallasi aholisi, shuningdek, hududdagi ijtimoiy va xizmat ko‘rsatish obyektlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholi murojaatlariga e’tibor — muammolarga yechim, deputatlik nazorati esa amaliy natija demakdir.

Slide 1 of 3