Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
UCH AVLOD UCHRASHUVI — MILLIY QADRIYATLAR VA AVLODLAR DAVOMIYLIGI!
янв.21
TALABALARNING IJARA UYLARIDAGI YASHASH SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — TINCHLIK VA XAVFSIZLIK GAROVI
янв.21
INNOVATSIYA VA RAQAMLI RIVOJLANISH — YOSHLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI “YUNUSOBOD” MAHALLASIDA PIYODALAR YO‘LAGI ASFALTLASHTIRILDI
янв.21
🔵 “UCH QAHRAMON”MAHALLASIDA QURILISH CHIQINDILARINI TOZALASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA HISOBOT ESHITISH — MUHIM VAZIFA!
янв.21
SAYYOR QABULDA DEPUTAT ISHTIROK ETDI
Mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasiga biriktirilgan ijtimoiy xodim D.Yusupovaning faoliyati, xususan, nogironligi bo‘lgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan ishlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy ko‘makka ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarni aniqlash, ularning muammolarini o‘rganish va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, yolg‘iz keksalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar hamda turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan oilalar bilan ishlash, ularning ehtiyojlarini o‘rganish va tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish holati ko‘rib chiqildi.

🔻Deputat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj har bir fuqaroning murojaati va muammosiga individual yondashish, ularning ehtiyojlarini muntazam o‘rganib borish hamda mavjud ijtimoiy xizmatlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etilib, fuqarolarga ijtimoiy xizmatlar, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar haqida to‘liq ma’lumot berish, zarur hollarda tibbiy, huquqiy, psixologik va boshqa ko‘mak turlarini olish uchun tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1