Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISHDAN BO‘SHATILGANDAN KEYIN 3 OY ICHIDA ISH TOPA OLMAGAN FUQAROLARGA AVVALGI ISH JOYIDAN YANA BIR OYLIK O‘RTACHA ISH HAQI TO‘LANADI!
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA ELEKTR TRANSFORMATORI ZAMONAVIY HOLATGA KELTIRILDI
янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
4-BAND IJROSI: XOTIN-QIZLARNING MUROJAATLARI YUZASIDAN AMALIY MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KULOLQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OILANING IJTIMOIY HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
«UCH QAHRAMON» MAHALLASIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
”BEG’UBOR”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: “ASTROBOD” MAHALLASIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILD
янв.21
#sessiya
янв.21
TUGATISH YOKI TO‘XTATISH...
JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGI — MUHOKAMADA

Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida tumanda 2026-yilning o‘tgan davrida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘ining hisoboti tinglandi.

Muhokamalar davomida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, “qizil” va “sariq” hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalla va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

Qarorda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar va tavsiyalar belgilandi.

Jamoat xavfsizligi, qonuniylik va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash — doimiy e’tiborda.