Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
”QO‘SHCHINOR”MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILD
янв.21
KO‘CHALAR VA ICHKI XO‘JALIK YO‘LLARI INFRASTRUKTURASI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
#qonunchilikdan_yangiliklar
янв.21
”MATONAT”MAHALLASIDA PIYODALAR UCHUN QULAY SHAROIT YARATISH BO‘YICHA ISHLAR DAVOM ETMOQDA
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
“QULOLQO’RG’ON”MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SAYLOV OKRUGIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“ADOLAT” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“AKBAROBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
TIBBIYOT SOHASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 MUAMMO VA TAKLIFLAR JOYIDA O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov “Guliston” mahallasi hududida joylashgan 2-son Texnikumiga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida politexnikumda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida ta’lim muassasasining bugungi faoliyati, mavjud sharoitlar, jamoani qiynab kelayotgan muammolar hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

💬 Xodimlarning murojaatlari, fikr-mulohazalari va takliflari tinglanib, bildirilgan masalalarni atroflicha o‘rganish va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha fikr almashildi.

🎓 Shuningdek, politexnikumda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, bandligini ta’minlash hamda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar ham ko‘zdan kechirilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini yanada oshirish va o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

✅ Bunday uchrashuvlar joylardagi muammolarni bevosita o‘rganish, fuqarolar va mehnat jamoalarining takliflarini eshitish hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 4