Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AHOLI MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING MUHIM VOSITASI!
янв.21
“YUNUSOBOD BOZORI”DA NARX-NAVOLAR VA SAVDO FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿DEPUTAT FUQAROLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA ELEKTR TA’MINOTI VA UMUMIY FOYDALANISH JOYLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: YUNUSOBOD MAHALLALARIDA AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIMLAR
янв.21
BO‘ZSUV BO‘YIDA SAYILGOH QURILISHI VA ENERGIYA INFRASTRUKTURASI MODERNIZATSIYASI NAZORATGA OLINDI
янв.21
“BUYUK TURON” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
QADRDON” MAHALLASIDA “OBOD MAHALLA” DASTURI DOIRASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #biriktirilgan_qonun
янв.21
KITOB — MA’RIFAT, BILIM VA YUKSAK MA’NAVIYAT MANBAI!
MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

 MANZILLI DASTUR IJROSI DOIRASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati F. Xashimova hamda tuman
Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A. Fozilov tomonidan Tojik mahalla
fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish
ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida asosiy e’tibor “og‘ir” toifaga kiritilgan mazkur
mahallani kompleks rivojlantirish hamda uning ixtisoslashuvini
chuqurlashtirishga qaratilgan “Manzilli dastur” doirasida infratuzilmani
yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.
 

Xususan, “PLANDEM” MChJ tomonidan Tojik ko‘chasida 1 kilometr uzunlikdagi
beton ariq qurilishi ishlari o‘rganilib, qurilish jarayonining borishi,
bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi va
belgilangan muddatlarga rioya etilishi monitoring qilindi.
 

Shuningdek, mazkur loyihaning amalga oshirilishi mahalla aholisi uchun
qulay va xavfsiz piyodalar harakatini ta’minlash, ichki yo‘llarning
infratuzilmasini yaxshilash, yomg‘ir va oqova suvlarni tartibli chiqarish orqali
hududning sanitariya holatini yanada yaxshilashga xizmat qilishi alohida
ta’kidlandi.
 

O‘rganish yakunida mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan
muddatlarda, amaldagi qurilish me’yorlari va sifat talablariga to‘liq rioya
etgan holda yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
 

Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd
etilib, bartaraf etilishi deputat nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 5