Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“SOBIROBOD” MFY: KO‘P QAVATLI UYLAR PODYEZDLARIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
#yunusobod_deputatlari
янв.21
MINOR MAHALLASIDA 9-SONLI MAKTAB ATROFIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
#yunusobod_deputatlari #deputatlar_faoliyati Bizni kuzatishda davom eting! 🔵Telegram 🌐Facebook 📹Instagram 🟥YouTube
янв.21
TADBIRKORLAR MUAMMOLARI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
ISH JOYIDA XAVFSIZ VA HURMATGA ASOSLANGAN MUHIT — MUHIM VAZIFA!
янв.21
QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BO‘YICHA VAZIFALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
“BILLUR” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
SHAHAR MARKAZIDAGI YEROSTI INSHOOTIDA TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Hududlarda obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini ta’mirlash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishini ta’minlashda deputatlik nazorati muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Mirzayev tomonidan shahar markazidagi yerosti inshootida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan amalga oshirildi.

O‘rganish davomida obyektni ta’mirlash jarayonining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi hamda mavjud muammolar holati ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish, ta’mirlash ishlarining sifatini ta’minlash va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha kelishib olindi.

Shuningdek, M.Mirzayev qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borayotgan ishchi va mutaxassislar bilan suhbatlashib, obyekt bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, ularning ketma-ketligi hamda yakuniy natijaga qo‘yiladigan talablar yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Ta’kidlash joizki, bunday o‘rganishlar faqat mavjud holatni ko‘zdan kechirish bilan cheklanmay, ishlarning sifatli tashkil etilishi, aniqlangan muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi va mas’ul tashkilotlarning o‘z zimmasidagi vazifalarni to‘liq bajarishi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4