Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
“Yangi O‘zbekiston” massivida zamonaviy suv ta’minoti tizimi ishga tushirildi

“Yangi O‘zbekiston” massivida zamonaviy suv ta’minoti tizimi ishga tushirildi

Qo‘shko‘pir tumanining Yovg‘ir mahallasidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida aholining turmush sharoitini yaxshilash, hudud infratuzilmasini rivojlantirish va fuqarolarni sifatli kommunal xizmatlar bilan ta’minlashga qaratilgan 68 milliard so‘mlik yirik infratuzilma loyihasi amalga oshirildi.

Loyiha doirasida 16,4 kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlari, 2 ming kub metr sig‘imli suv rezervuari, KOS va KNS hamda boshqa zarur infratuzilma obyektlari barpo etilib, zamonaviy suv tizimi foydalanishga topshirildi.
Mazkur muhim loyihaning ishga tushirilishi natijasida 13 ming 264 nafar aholi hamda 10 dan ortiq tashkilot markazlashgan ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tizimning ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tadbirda Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputatlari, tuman hokimi Shuxrat Axmedov, S. O‘razmetov, X. Ibragimov, shuningdek, nuroniylar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, bunday yirik infratuzilma loyihalari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholining munosib turmush sharoitini yaratish, hududlarni kompleks rivojlantirish va fuqarolarga qulayliklarni oshirishga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 1