Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YOSHLAR TA’LIMI VA KELAJAKDAGI BANDLIGI MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARO SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI
янв.21
«BOG‘ISHAMOL» KO‘CHASI, 3 VA 5-UYLAR OLDIDAGI MUAMMOLI HOLAT YUZASIDAN DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
“DEPUTAT MAHALLADA”: BILLIUR MAHALLASIDA AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SANOAT KORXONASI FAOLIYATI VA YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA BO‘ZSUV KANALI BO‘YI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY VA XAVFSIZ SHAROITLAR YARATILMOQDA
янв.21
«QO‘SHCHINOR»MAHALLASIDA KEKSALAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Ariq Usti mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi

Ariq Usti mahallasi raisi faoliyati o‘rganildi

🚨 Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 3-Tog‘chi saylov okrugidagi Ariq Usti mahalla fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov, kotibiyat xodimi hamda mahalla profilaktika inspektori hamkorligida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🚨 O‘rganish davomida mahalla raisining hududda aholi bilan ishlashi, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha olib borayotgan ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalladagi obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash, aholi o‘rtasida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini tashkil etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

🚨 Bundan tashqari, mahalla raisining hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va boshqa mas’ullar bilan hamkorligi, hududdagi ijtimoiy masalalarni hal etishga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish holati ham o‘rganildi. Mahalla raisi faoliyatida aholi bilan ochiq muloqot va fuqarolar muammolarini amaliy hal etish muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

🚨 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, mahallada ishlarni yanada tizimli tashkil etish, aholining murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6