35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” DOIRASIDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR 👇👇👇
янв.21
TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK VA ISHBILARMONLIK MUHITINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“YONG‘INDAN OGOHLIK” UMUMMILLIY KAMPANIYASI DOIRASIDA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
янв.21
“UCH AVLOD UCHRASHUVI”: TAJRIBA VA YOSHLIK SHASHTI BIRLASHGANDA
янв.21
#yunusobod_deputatlari #24_ta_muhim_yoʻnalish
янв.21
OQTEPA MAHALLASIDA YOSHLARNING TA’LIM MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ VA ZO‘RAVONLIKDAN HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
TARIXIY ADOLATNI TIKLASH – BURCH VA MAS’ULIYATIMIZ
### Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holati o‘rganildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyat mudiri Mahmud Ollaquliyevich Tangriber­ganov hamda 9-Sherobod saylov okrugidan saylangan deputat, kotibiyat bosh mutaxassisi Azizbek Qahramonovich Erkinov tomonidan Mehnatobod MFY raisi Komil Ro‘zimboyevich Qurbonov bilan hamkorlikda Ijtimoiy himoya yagona reyestrida bo‘lgan II guruh nogironi Madrahimov Oybek Jumyozovichning oilaviy va ijtimoiy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqaroning turmush sharoiti, ijtimoiy ehtiyojlari hamda mavjud muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish va ijtimoiy himoya choralarini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Mazkur o‘rganish deputatlik nazorati doirasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaat va muammolarini manzilli hal etish hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratildi.