35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HASANBOY MAHALLASIDA “MAHALLA — UNIVERSITET — YOSHLAR” HAMKORLIGI YO‘NALISHIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
MILLIY QADRIYATLAR — AVLODLAR QALBIDA
янв.21
“YANGIBOG’” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“YANGIBOG‘” MAHALLASIDA DEPUTATLIK FAOLIYATI DOIRASIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“AHMAD DONISH” MAHALLASIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
янв.21
“YUNUSOTA” MAHALLASIDA YANGI INVESTITSIYA LOYIHASI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANIDA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“TASHABBUSLI BUDJET” DOIRASIDA AMALGA OSHIRILADIGAN LOYIHALAR 👇👇👇
янв.21
TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK VA ISHBILARMONLIK MUHITINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 🩺 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI


📍 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga muvofiq, OʻzXDP partiyasidan 2-Hamza saylov okrugidan saylangan deputat Asqar Baxramov tomonidan tuman Markaziy Shifoxona faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolarni qabul qilish va ro‘yxatga olish jarayoni, shifokorlar qabuli, tor mutaxassislarga yo‘llanmalar berish amaliyoti, profilaktik ko‘riklar tashkil etilishi, dori vositalari bilan ta’minlanganlik, tibbiy jihozlardan foydalanish holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🩺 Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish, tibbiy hujjatlarni yuritish, tibbiy etikaga rioya qilish hamda xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada yuksaltirish yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Shuningdek, tuman Markaziy shifoxonaga tashrif buyurgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar qabuli, kutish vaqti hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

📋 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, birlamchi tibbiy yordam tizimi samaradorligini oshirish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 4