Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva “Geofizika” mahallasi “Humoyun” ko‘chasida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, ushbu ko‘chaga piyodalar o‘tish joyi (zebra) va yo‘l belgisi o‘rnatilishi yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘iga deputat so‘rovi yubordi.
So‘rovda, “Humoyun” ko‘chasida harakatlanayotgan avtotransport xaydovchilarini piyodalar o‘tish joyi to‘g‘risida ogohlantiruvchi yo‘l belgisi va piyodalar o‘tish joyi yo‘qligi sababli ko‘rsatib o‘tilgan ko‘chada ushbu muammolarni bartaraf etishda amaliy yordam so‘ralgan.